Yashirin shahar
Masala #1600 · murakkablik 70% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Mamlakatda n ta shahar n − 1 ta yo'l bilan ulangan (daraxt). Shaharlardan birida, x da, yashirin ob'ekt bor; x sizga noma'lum. Siz so'rov berishingiz mumkin: ? u (1 ≤ u ≤ n). Javob:
- u ≠ x bo'lsa - u dan x ga boradigan yo'ldagi keyingi shahar (ya'ni u ning x ga eng yaqin qo'shnisi);
- u = x bo'lsa -
0.
Ko'pi bilan ⌊log2 n⌋ + 1 ta so'rov bilan x ni toping va ! x qatorini chiqaring - shundan keyin dastur tugaydi. Har chiqarilgan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).
Muloqot namunasi (faqat format). n = 5, yo'llar 1–2, 2–3, 3–4, 3–5, yashirin x = 5:
| Hakam | Dastur |
|---|---|
51 2… 3 5 | |
? 3 | |
5 | |
! 5 |
3 dan 5 ga yo'ldagi keyingi shahar - 5 ning o'zi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida: birinchi qatorda n (1 ≤ n ≤ 105), keyingi n − 1 qatorda yo'llar: u, v. Keyin har so'rovingizga javoban bitta son.
Chiquvchi ma'lumotlar
So'rovlar ? u ko'rinishida, oxirida bitta ! x. Ruxsat etilgandan ko'p so'rov, chegaradan tashqaridagi u yoki noto'g'ri x - noto'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.