Cheklangan tangalar
Masala #1603 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kassada n xil nominaldagi tangalar bor: i-nominaldan ci dona, har birining qiymati ai so'm. Xaridor qaytim olmaydi: u tangalarning bir qismini tanlab, summani aynan to'laydi. 1 dan M gacha bo'lgan summalarning nechtasini shunday to'lash mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va M. Keyingi n qatorning har birida ai va ci.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ M ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 105, 1 ≤ ci ≤ 105.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - 1 dan M gacha bo'lgan, to'lash mumkin summalar soni.
Izoh
1-namuna izohi. Tangalar: ikkita 1 so'mlik, bitta 3 va bitta 8. To'lanadigan summalar 1, 2, 3, 4, 5, 8, 9, 10 - sakkizta; 6 va 7 ni yig'ib bo'lmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.