Do'konlar

Masala #1606 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sizda W so'm bor va g ta do'kon aylanib chiqmoqchisiz. i-do'konda ki ta mahsulot bor: j-mahsulotning narxi wij, foydasi vij. Har do'kondan ko'pi bilan bitta mahsulot xarid qilish mumkin (yoki hech narsa olmaslik ham mumkin). Jami narx W dan oshmasin. Eng katta jami foydani toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda g va W. Keyin g ta blok: blokning birinchi qatorida ki, keyingi ki qatorning har birida wij va vij.

Cheklovlar: 1 ≤ g ≤ 100, Σki ≤ 3000, 1 ≤ W ≤ 5000, 1 ≤ wij ≤ 5000, 1 ≤ vij ≤ 106.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta butun son - eng katta jami foyda.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.