Kubiklar minorasi
Masala #1614 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bolada n ta to'rtburchak kubik bor, i-kubikning eni xi, bo'yi yi (kubikni burib bo'lmaydi). Kubiklardan minora qurmoqchi: har kubik ostidagi kubikdan kengroq bo'lmasligi kerak, ya'ni ustidagining eni ham, bo'yi ham ostidagidan katta emas (teng bo'lishi mumkin). Minorada eng ko'pi bilan nechta kubik bo'lishi mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda xi va yi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ xi, yi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng baland minoradagi kubiklar soni.
Izoh
1-namuna izohi. Pastdan yuqoriga: (3, 3), (2, 2), (1, 2), (1, 2) - to'rtta kubik. (2, 1) ni qo'shib bo'lmaydi: uning ustiga (1, 2) qo'yilmaydi, (1, 2) ustiga esa u sig'maydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.