Sayohat sumkasi

Masala #1601 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ali tog'ga sayohatga chiqyapti. Uyda n ta buyum bor: i-buyumning og'irligi wi kg, foydasi vi ball. Har buyum bitta, uni olish yoki olmaslik mumkin. Sumka W kg dan ortig'ini ko'tarmaydi. Olingan buyumlar foydasi yig'indisi eng ko'pi bilan qancha bo'lishi mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va W. Keyingi n qatorning har birida wi va vi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ W, wi ≤ 105, 1 ≤ vi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta foyda. Hech narsa sig'masa, 0.

Izoh

1-namuna izohi. 1- va 2-buyumni olamiz: og'irlik 2 + 3 = 5, foyda 3 + 4 = 7. Uchinchi buyum bilan har qanday juftlik 5 kg dan oshadi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.