Kartalarni taxlash

Masala #1615 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB

Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.

Stolga n ta karta birin-ketin keladi. Har kartani darhol taxlamlardan biri ustiga qo'yasiz: karta faqat ustidagi kartasi undan qat'iy katta bo'lgan taxlamga qo'yiladi yoki undan yangi taxlam ochiladi. Keyingi karta faqat joriy kartani qo'yganingizdan keyin ma'lum bo'ladi. Oxirida taxlamlar soni mumkin bo'lgan eng kichik songa teng bo'lishi kerak (hakam barcha kartalarni oldindan bilganda erisha oladigan eng kam son).

Muloqot. Hakam avval n ni beradi. Keyin n marta: hakam karta qiymatini yozadi, dastur taxlam raqamini p chiqaradi. Taxlamlar ochilish tartibida 1 dan raqamlanadi; hozir k ta taxlam bo'lsa, p = k + 1 yangi taxlam ochadi. Har javobdan keyin flush qiling. Qoidaga zid yurish yoki oxirida ortiqcha taxlam - «Noto'g'ri javob».

HakamDasturTaxlamlar ustlari
3
2
1
2
7
2
2, 7
5
2
2, 5

Namuna izohi. 7 ni 1-taxlamga qo'yib bo'lmaydi (2 < 7), shuning uchun yangi taxlam ochiladi. 5 faqat 2-taxlamga tushadi (7 > 5). Bu yerda boshqa to'g'ri yurish yo'q: 5 uchun yangi taxlam ochilsa, oxirida 3 ta taxlam bo'lardi, holbuki 2 tasi yetadi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Hakam avval n ni, keyin har qadamda bitta karta qiymatini beradi.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 1000, 1 ≤ karta ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har kartadan keyin bitta son - taxlam raqami.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.