Merosni bo'lish
Masala #1610 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ikki aka-uka n ta oltin tangani bo'lishmoqchi; i-tanganing og'irligi ai gramm. Tangalarni kesib bo'lmaydi, har tanga aka-ukalardan biriga tegadi (birortasiga hech narsa tegmasligi ham mumkin). Ikkala ulush og'irliklari farqining moduli eng kamida qancha bo'lishi mumkin?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda a1, …, an.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2000, 1 ≤ ai ≤ 2000.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - eng kichik farq.
Izoh
1-namuna izohi. Jami 13 gramm: {4, 3} va {1, 1, 2, 2} - 7 va 6, farq 1. 13 toq bo'lgani uchun farq 0 bo'la olmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.