Tog' yo'li

Masala #1616 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Sayyoh xaritadagi n ta nuqtaning balandligini bilsin: h1, …, hn (yo'l bo'ylab tartibda). U ba'zi nuqtalarda to'xtaydi (tartib saqlanadi) va to'xtash balandliklari avval qat'iy o'sib, keyin qat'iy kamayishini xohlaydi (o'sish yoki kamayish qismi bo'sh bo'lishi mumkin; cho'qqi bitta nuqta). Eng ko'pi bilan nechta to'xtash mumkin?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda h1, …, hn.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 1 ≤ hi ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng ko'p to'xtashlar soni.

Izoh

1-namuna izohi. 1 2 4 3 1 - beshta to'xtash: cho'qqi 4.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.