Uzun zina
Masala #1627 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Minorada n ta zinapoya bor. Robot pastdan (0-pog'onadan) boshlab aynan n-pog'onaga chiqishi kerak. Bir qadamda u a1, …, am sonlaridan biriga teng pog'ona yuqoriga sakraydi. Qadamlar tartibi muhim: (1, 2) va (2, 1) - turli usullar. Nechta usul bor? Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldig'ini chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Ikkinchi qatorda m ta turli son ai.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 1018, 1 ≤ m ≤ 30, 1 ≤ ai ≤ 30.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - usullar soni modul bo'yicha.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.