Tog' yo'li amplitudasi

Masala #1703 · murakkablik 32% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Tog' yo'lida n ta nuqta bor, i-nuqtaning dengiz sathidan balandligi hi. Sayyohlar q marta so'raydi: «l-nuqtadan r-nuqtagacha yo'lning amplitudasi qancha?» Amplituda - shu nuqtalar orasidagi eng katta va eng kichik balandliklar ayirmasi.

Masalan, balandliklar 5, 2, 8, 1, 9, 4 bo'lsa, 1-dan 3-gacha amplituda 8 − 2 = 6.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son hi. Keyingi q qatorning har birida l va r.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ hi ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda amplitudani chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.