Funksiyalar zanjiri
Masala #1724 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Konveyerda n ta stanok ketma-ket turibdi. i-stanok kirgan x sonini fi(x) = (ai · x + bi) mod 998244353 ga aylantiradi. q ta amal:
1 i a b- i-stanok qayta sozlandi: endi ai = a, bi = b;2 l r x- x soni l-stanokdan kirib, l, l + 1, …, r stanoklardan shu tartibda o'tadi. Chiqishda qaysi son bo'ladi?
Masalan, f1(x) = 2x, f2(x) = x + 1 bo'lsa, 3 soni 1- va 2-stanokdan o'tib 7 bo'ladi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Keyingi n qatorda ai va bi. Keyingi q qatorda amallar.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 0 ≤ a, b, x < 998244353, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har 2-amal uchun alohida qatorda natijani chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.