Umumiy o'lcham

Masala #1702 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Omborda n ta yog'och tayoq yonma-yon yotibdi, i-tayoqning uzunligi ai. Usta q marta so'raydi: «l-tayoqdan r-tayoqqacha bo'lgan hamma tayoqni ortiqcha qoldiqsiz bir xil uzunlikdagi bo'laklarga arralamoqchiman. Bo'lak uzunligi eng ko'pi bilan qancha bo'lishi mumkin?»

Boshqacha aytganda, har so'rovda al, …, ar sonlarning eng katta umumiy bo'luvchisini (EKUB) toping. Masalan, 12, 18, 24 uchun javob 6.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son ai. Keyingi q qatorning har birida l va r.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda EKUB ni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.