Navbatdagi tartibsizlik

Masala #1712 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Kassa oldida n ta kishi navbatda turibdi, i-kishining yoshi ai. Navbatning tartibsizligi - shunday juftliklar (i, j) soniki, bunda i < j (i oldinda turadi) va ai > aj (oldingi kishi qat'iy kattaroq).

Masalan, yoshlar 2, 4, 1, 3, 5 bo'lsa, tartibsiz juftliklar (2,1), (4,1), (4,3) - jami 3 ta.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, ikkinchi qatorda n ta son ai.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - tartibsiz juftliklar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.