Chegaradan oshmaganlar
Masala #1727 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sinfda n ta o'quvchi qatorda turibdi, i-o'quvchining bali ai. Murabbiy q marta so'raydi: «l-o'quvchidan r-o'quvchigacha bo'lganlar orasida bali x dan oshmaydiganlar (ya'ni ≤ x) nechta?»
Masalan, 4, 7, 1, 9, 3, 7 ballar uchun (l = 1, r = 6, x = 7) so'rovining javobi 5, chunki 9 dan boshqa hamma ball 7 dan oshmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son ai. Keyingi q qatorning har birida l, r, x.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109, 0 ≤ x ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda javobni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.