Eng baland minora
Masala #1708 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Shahar xaritasi n × m katakka bo'lingan, (i, j) katakdagi binoning balandligi hi,j (qatorlar yuqoridan, ustunlar chapdan 1 dan raqamlangan). Balandliklar o'zgarmaydi.
Me'mor q marta so'raydi: «chap yuqori burchagi (r, c) da bo'lgan k × k kvadratdagi eng baland bino qancha?» Kvadrat xarita ichida to'liq joylashadi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi n qatorda m tadan son - balandliklar. Keyin q, so'ng q qatorning har birida r, c, k.
Cheklovlar: 1 ≤ n, m ≤ 500, 1 ≤ hi,j ≤ 109, 1 ≤ q ≤ 105, k ≥ 1, r + k − 1 ≤ n, c + k − 1 ≤ m.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda javobni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.