Eng arzon kun

Masala #1701 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Do'kon n kun davomida bitta mahsulotning kunlik narxini yozib bordi: a1, …, an. Narxlar keyinchalik o'zgarmaydi. Xaridor q marta so'raydi: «l-kundan r-kungacha (ikkala kun ham kiradi) eng arzon narx qancha bo'lgan?»

Masalan, narxlar 5, 2, 8, 1, 9, 4 bo'lsa, 1-kundan 3-kungacha eng arzoni 2, 2-kundan 5-kungacha esa 1.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son ai. Keyingi q qatorning har birida l va r.

Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har so'rov uchun alohida qatorda eng arzon narxni chiqaring.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.