Turli ranglar
Masala #1733 · murakkablik 65% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Gulzorda n ta gul bir qatorda o'sadi, i-gulning rangi ci (rangning raqami). Bog'bon q marta so'raydi: «l-guldan r-gulgacha nechta turli rang uchraydi?»
Masalan, ranglar 1, 2, 1, 3, 2, 2, 4 bo'lsa, 2-guldan 6-gulgacha ranglar 2, 1, 3, 2, 2 - uchta turli rang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va q. Ikkinchi qatorda n ta son ci. Keyingi q qatorning har birida l va r.
Cheklovlar: 1 ≤ n, q ≤ 105, 1 ≤ ci ≤ 109, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har so'rov uchun alohida qatorda javobni chiqaring.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.