Har joydan palindromlar

Masala #1810 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Satr s berilgan. Har pozitsiya i uchun i-harfdan boshlanadigan palindrom bo'laklar sonini toping (bitta harf ham palindrom).

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda s - kichik lotin harflari.

Cheklovlar: 1 ≤ |s| ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

|s| ta son probel bilan.

Izoh

1-namuna izohi. abacaba ning 1-harfidan a, aba, abacaba boshlanadi (3 ta), 2-harfidan b va bacab (2 ta).

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.