Ustma-ust tushmaydigan uchrashuvlar

Masala #1771 · murakkablik 44% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.

Matn s va namuna t berilgan. Matnda t ning iloji boricha ko'p uchrashuvini belgilang, lekin belgilangan uchrashuvlar bir-birini qoplamasin (hech bir harf ikki uchrashuvga tegishli bo'lmasin). Masalan, «aaaa» da «aa» ning uchrashuvlari 1, 2, 3 o'rinlardan boshlanadi, lekin qoplamaydigan ko'pi bilan ikkitasi (1 va 3).

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda s, ikkinchisida t - kichik lotin harflaridan iborat satrlar.

Cheklovlar: 1 ≤ |s|, |t| ≤ 2·105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda eng ko'p son k. Agar k > 0 bo'lsa, ikkinchi qatorda tanlangan uchrashuvlarning boshlanish o'rinlari (1 dan) o'sish tartibida.

Izoh

1-namuna izohi. 1 va 3-harflardan boshlangan «aa» lar qoplamaydi; 2-harfdan boshlangani ikkalasi bilan ham umumiy harfga ega.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.