Yashirin satrni topish
Masala #1794 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Hakam faqat a va b harflaridan iborat yashirin s satrini o'ylagan, uning uzunligi n sizga ma'lum. Siz so'rov berishingiz mumkin: ? t (t - faqat a, b dan iborat satr, 1 ≤ |t| ≤ n). Hakam 1 javob beradi, agar t satr s ning qism satri (ketma-ket bo'lak) bo'lsa, aks holda 0.
s ni toping va ! s qatorini chiqaring - shundan keyin dastur tugaydi. So'rovlar soni ko'pi bilan 2n + 2. Har chiqarilgan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).
Muloqot namunasi (s = «abb»; so'rovlar faqat formatni ko'rsatadi): dastur 3 ni o'qiydi; ? b → 1; ? ba → 0; ? bb → 1; ! abb.
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida bitta qatorda n (1 ≤ n ≤ 1000). Keyin har so'rovga javoban bitta son: 1 yoki 0.
Chiquvchi ma'lumotlar
So'rovlar ? t ko'rinishida, oxirida bitta ! s. Chegaradan ko'p so'rov, noto'g'ri satr yoki yaroqsiz t - noto'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.