Aylanma yo'l
Masala #1841 · murakkablik 40% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Velosipedchi n ta nuqtani ketma-ket to'g'ri chiziqlar bo'ylab aylanib, boshlang'ich nuqtaga qaytdi. Yo'l o'zini kesib o'tishi ham mumkin. q ta kuzatuvchining har biri uchun velosipedchi uning atrofida necha marta aylanganini toping: soat miliga qarshi har to'liq aylanish +1, soat mili bo'yicha −1. Bu son yo'lning kuzatuvchi atrofidagi aylanish soni deyiladi.
Kuzatuvchilar yo'l ustida turmaydi.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyingi n qatorda yo'l nuqtalari. Keyin q va q qatorda kuzatuvchilar.
Cheklovlar: 3 ≤ n ≤ 1000, 1 ≤ q ≤ 1000, koordinatalar modul bo'yicha 109 dan oshmaydi. Ketma-ket nuqtalar turli; birorta kuzatuvchi yo'l kesmalarida yotmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
q qatorda bittadan butun son - aylanish soni.
Izoh
1-namuna izohi. Yo'l kvadratni soat miliga qarshi aylanadi: ichidagi kuzatuvchi uchun 1, tashqaridagi uchun 0. 2-namunada yo'l «sakkiz» shaklida: chap halqa soat miliga qarshi, o'ng halqa soat mili bo'yicha aylanadi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.