Bo'yalgan devor

Masala #1848 · murakkablik 25% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Uzun devor bo'ylab n ta bo'yoq izi qoldirilgan: i-iz devorning [li, ri] kesmasini qoplaydi (izlar bir-birini to'sishi mumkin). Bo'yalgan qismning umumiy uzunligini toping.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda li va ri.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ li ≤ ri ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - bo'yalgan qismning uzunligi.

Izoh

1-namuna izohi. [2, 6] va [4, 9] birga [2, 9] ni qoplaydi (7), [12, 16] - 4, [14, 14] esa nol uzunlikli va [12, 16] ichida. Jami 11.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.