Ichma-ich to'siqlar
Masala #1842 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ikkita qavariq ko'pburchak berilgan: ichkisi A (n uchli) va tashqisi B (m uchli). Ikkalasi ham qat'iy qavariq (hech qaysi uch uchi bitta to'g'ri chiziqda emas), uchlar soat mili yo'nalishiga qarshi tartibda beriladi.
A ning barcha nuqtalari B ning ichida yoki chegarasida yotsa «HA», aks holda «YO'Q» deb chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n, keyin A ning n ta uchi. Keyin m va B ning m ta uchi.
Cheklovlar: 3 ≤ n, m ≤ 5·104, koordinatalar modul bo'yicha 109 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
«HA» yoki «YO'Q».
Izoh
1-namuna izohi. Uchburchak (1,1), (2,1), (1,2) butunlay kvadrat ichida. 2-namunada (5, 5) uchi kvadratdan tashqarida.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.