Panjara ichidagi tugunlar
Masala #1857 · murakkablik 45% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Kvadrat panjara tekisligida n uchli oddiy ko'pburchak berilgan, uchlari panjara tugunlarida (butun koordinatalar). Ko'pburchakning ichida (qat'iy) yotgan panjara tugunlari soni I va chegarasida yotgan tugunlar soni B ni toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda uchlar (soat mili yo'nalishida yoki unga qarshi). Ketma-ket uchlar turli; ko'pburchak o'zini kesmaydi.
Cheklovlar: 3 ≤ n ≤ 105, koordinatalar modul bo'yicha 109 dan oshmaydi.
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikkita son: I va B.
Izoh
1-namuna izohi. Chegarada 4 ta tugun: uchta uch va (0,0)–(4,2) tomoni o'rtasidagi (2,1). Ichkarida ham 4 ta tugun.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.