Shoh yurishlari
Masala #1860 · murakkablik 52% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Cheksiz shaxmat taxtasida n ta shoh turibdi (bir katakda bir nechtasi bo'lishi mumkin). Shoh bir yurishda qo'shni 8 katakning biriga o'tadi, shuning uchun (x1, y1) dan (x2, y2) ga eng kamida max(|x1 − x2|, |y1 − y2|) yurishda boradi. Barcha juftliklar (i < j) uchun shu sonlar yig'indisini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda xi yi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, |xi|, |yi| ≤ 108.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - yig'indi.
Izoh
1-namuna izohi. (0,0)–(1,2): 2; (0,0)–(3,1): 3; (1,2)–(3,1): 2. Jami 7.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.