Shahar silueti
Masala #1855 · murakkablik 55% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Ko'cha bo'ylab n ta bino qurilgan: i-bino x o'qida [li, ri] ni egallaydi va balandligi hi - yon tomondan qaraganda u to'g'ri to'rtburchak [li, ri] × [0, hi]. Binolar bir-birini to'sishi mumkin. Shahar siluetining (barcha to'rtburchaklar birlashmasining) yuzasini toping.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda li ri hi.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ li < ri ≤ 109, 1 ≤ hi ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta butun son - siluet yuzasi.
Izoh
1-namuna izohi. [0, 2] da balandlik 3, [2, 5] da 4 (ikkinchi bino baland), [6, 7] da 1: 6 + 12 + 1 = 19.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.