Chorrahani toping
Masala #1852 · murakkablik 47% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
Shahar xaritasida n ta ko'cha bor, har biri o'qlarga parallel kesma: gorizontal yoki vertikal, uzunligi musbat. Kamida bitta umumiy nuqtaga ega (uchlari tegib turishi ham hisob) gorizontal va vertikal ko'chalar juftligini toping. Bir nechta bo'lsa - istalganini; bunday juftlik bo'lmasa -1.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Keyingi n qatorda x1 y1 x2 y2 - ko'cha uchlari (tartibi ixtiyoriy). Ko'chalar 1 dan n gacha raqamlangan.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, koordinatalar modul bo'yicha 109 dan oshmaydi; har ko'chada x1 = x2 yoki y1 = y2 (aynan bittasi).
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki son i j: i-ko'cha gorizontal, j-ko'cha vertikal va ular kesishadi. Yoki -1.
Izoh
1-namuna izohi. 1-ko'cha (gorizontal) 2-ko'cha (vertikal) bilan (5, 0) da kesishadi. 4- va 2-ko'cha ham kesishadi - «4 2» ham to'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.