Graf bo'ylab fishkalar

Masala #1869 · murakkablik 38% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yo'naltirilgan siklsiz grafda n ta uch va m ta yo'naltirilgan qirra u → v bor. Grafda k ta fishka turibdi (bir uchda bir nechta fishka bo'lishi mumkin). Bir yurishda bitta fishka tanlanadi va u chiqayotgan qirra bo'ylab qo'shni uchga ko'chiriladi. Navbat bilan yuriladi, birinchi o'yinchi boshlaydi; birorta fishkani ham ko'chira olmay qolgan yutqazadi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, k (1 ≤ n ≤ 105, 0 ≤ m ≤ 2·105, 1 ≤ k ≤ 105). Keyingi m qatorda qirralar u v. Oxirgi qatorda k ta son - fishkalar turgan uchlar. Graf siklsiz.

Chiquvchi ma'lumotlar

«Birinchi» yoki «Ikkinchi».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.