Olish yoki teng bo'lish
Masala #1877 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
k ta tosh uyumi bor, i-uyumda ni ta tosh. Bir yurishda bitta uyum tanlanadi va quyidagidan biri qilinadi:
- uyumdan 1 ta tosh olinadi;
- agar uyumda juft sondagi (kamida 2 ta) tosh bo'lsa, u ikkita teng uyumga bo'linadi (masalan, 6 → 3 + 3).
Hosil bo'lgan uyumlar mustaqil uyumlar sifatida davom etadi. Navbat bilan yuriladi, birinchi o'yinchi boshlaydi, yurolmay qolgan yutqazadi. Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, kim yutadi?
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda k (1 ≤ k ≤ 105). Ikkinchi qatorda k ta son ni (0 ≤ ni ≤ 1018).
Chiquvchi ma'lumotlar
«Birinchi» yoki «Ikkinchi».
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.