Boshdan olish

Masala #1889 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Qatorda n ta karta, i-kartadagi son ai (manfiy ham bo'lishi mumkin). Ikki o'yinchi navbat bilan qatorning boshidan 1, 2, …, k tagacha karta oladi (qancha olishni o'zi tanlaydi, kamida 1 ta). Har kim olgan kartalaridagi sonlar yig'indisini (o'z ballini) maksimal qilishga harakat qiladi. Birinchi o'yinchi boshlaydi, kartalar tugagach o'yin tugaydi.

Ikkalasi ham eng yaxshi o'ynasa, natijani chiqaring: balli ko'p o'yinchi va ball farqi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k (1 ≤ k ≤ n ≤ 2·105). Ikkinchi qatorda n ta son ai (−109 ≤ ai ≤ 109).

Chiquvchi ma'lumotlar

Birinchining balli ko'p bo'lsa «Birinchi d», ikkinchiniki ko'p bo'lsa «Ikkinchi d» (d - ball farqi, musbat son), teng bo'lsa «Durang».

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.