Chorraha yopilsa

Masala #1922 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Shaharda n ta chorraha va m ta ikki tomonlama ko'cha bor. Har chorraha uchun hisoblang: shu chorraha (unga kiruvchi hamma ko'chalar bilan) yopilsa, qolgan n − 1 ta chorraha nechta bog'lanish bo'lagiga bo'linadi? Bo'lak - bir-biriga ko'chalar orqali yetadigan chorrahalarning eng katta to'plami.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v (u ≠ v, ikki chorraha orasida ko'pi bilan bitta ko'cha). Shahar bog'lanmagan bo'lishi mumkin.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n ta son: i-son - i-chorraha yopilgandagi bo'laklar soni.

Izoh

1-namuna izohi. 3 yopilsa, {1, 2} va {4, 5} qoladi - 2 bo'lak; 4 yopilsa, {1, 2, 3} va {5} - 2 bo'lak. 1, 2 yoki 5 yopilsa, qolganlar bog'langan qoladi - 1 bo'lak.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.