Ishchilar va vazifalar

Masala #1952 · murakkablik 35% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta ishchi va k ta vazifa bor. m ta juftlik berilgan: a-ishchi b-vazifani bajara oladi. Har ishchi ko'pi bilan bitta vazifa oladi, har vazifani ko'pi bilan bitta ishchi bajaradi. Eng ko'p nechta vazifa bajariladi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, k, m. Keyingi m qatorda a b (bir juftlik takrorlanishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n, k ≤ 500, 0 ≤ m ≤ 5000.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. 1- va 2-ishchi 1-vazifani, 2- va 3-ishchi 2-vazifani bajara oladi; 3-vazifani hech kim bajara olmaydi. Masalan, 1-ishchi 1-vazifani, 2-ishchi 2-vazifani oladi - 2 ta, bundan ko'p bo'lmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.