Hammasi bog'langan kun
Masala #1930 · murakkablik 46% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Mamlakatda n ta shahar bor, boshida yo'l yo'q. Har kuni bitta bir tomonlama yo'l quriladi: i-kuni ui dan vi ga. Eng kamida necha kundan keyin har shahardan har shaharga borish mumkin bo'ladi? Hamma yo'llar qurilgandan keyin ham bunday bo'lmasa, -1 chiqaring. (n = 1 da javob 0.)
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda ui vi - qurilish tartibida (o'z-o'ziga va takroriy yo'llar bo'lishi mumkin).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·104, 0 ≤ m ≤ 5·104.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son - kunlar soni yoki -1.
Izoh
1-namuna izohi. 4 kundan keyin yo'llar 1 → 2, 2 → 1, 2 → 3, 1 → 3: 3 dan hech qayerga chiqib bo'lmaydi. 5-kuni 3 → 1 quriladi va hamma shahar bir-biriga yetadi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.