Eng arzon boshlovchilar
Masala #1912 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Tarmoqda n ta server bor, u → v ulanishi: yangilanish u ga yetsa, v ga ham o'tadi. i-serverga yangilanishni qo'lda yuklash ai so'm turadi. Hamma serverga yangilanish yetishi uchun eng kam necha so'm kerak? Shu eng kam narxga serverlarni tanlash usullari nechta? Usullar soni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqarilsin.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va m. Ikkinchi qatorda a1, …, an. Keyingi m qatorda u v (o'z-o'ziga va takroriy ulanishlar bo'lishi mumkin).
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105, 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Ikki son: eng kam narx va usullar soni.
Izoh
1-namuna izohi. 1 va 2 yangilanishni bir-biriga va 3 ga uzatadi, 4 ga esa hech kim uzatmaydi. 1 yoki 2 dan birini (5 so'm) va 4 ni (9 so'm) qo'lda yuklash yetadi: 14 so'm, tanlash usullari 2 ta.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.