Quvurlar tarmog'i

Masala #1963 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

n ta tugun va m ta bir tomonlama quvur bor, i-quvur soniyasiga ci litr o'tkazadi. 1-tugundan n-tugunga soniyasiga eng ko'p necha litr suv yuborish mumkin? Oraliq tugunlarda suv yig'ilmaydi va yo'qolmaydi.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va m. Keyingi m qatorda u v c (bir xil quvurlar bir nechta bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 100, 0 ≤ m ≤ 1000, 1 ≤ c ≤ 109, u ≠ v.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - eng katta oqim.

Izoh

1-namuna izohi. 1 → 2 → 4 bo'ylab 2, 1 → 3 → 4 bo'ylab 2, 1 → 2 → 3 → 4 bo'ylab 1 litr: jami 5. 1-tugundan chiquvchi quvurlar sig'imi 3 + 2 = 5, undan ko'p yuborib bo'lmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.