Xabar zanjiri
Masala #1931 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Sinfda n ta o'quvchi bor. Har o'quvchi xabarni olsa, uni o'zining bitta do'stiga - fi ga uzatadi (fi = i bo'lishi mumkin). Xabarni birinchi bo'lib i-o'quvchi olsa, jami nechta turli o'quvchi uni oladi (i ning o'zi ham)? Har i uchun javob bering.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n. Ikkinchi qatorda f1, …, fn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 105, 1 ≤ fi ≤ n.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n ta son.
Izoh
1-namuna izohi. Xabar 1 → 2 → 3 → 1 bo'ylab aylanadi: 1, 2 yoki 3 dan boshlansa, uch o'quvchiga yetadi. 4 dan: 4, 1, 2, 3 - to'rtta; 5 dan: 5, 4, 1, 2, 3 - beshta.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.