Tangalar yig'ish

Masala #1914 · murakkablik 47% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Labirintda n ta xona va m ta bir tomonlama yo'lak bor. i-xonada ci ta tanga yotibdi. O'yinchi s-xonadan boshlaydi va yo'laklar bo'ylab istagancha yuradi (xonalarga qayta kirish mumkin). Xonaga birinchi kirganda u yerdagi hamma tangani oladi. O'yinchi istalgan paytda to'xtashi mumkin. Eng ko'pi bilan nechta tanga yig'adi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, s. Ikkinchi qatorda c1, …, cn. Keyingi m qatorda u v - yo'lak (o'z-o'ziga va takroriy yo'laklar bo'lishi mumkin).

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 5·104, 0 ≤ m ≤ 105, 0 ≤ ci ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. O'yinchi 1 va 2 orasida yurib 1 + 2 = 3 tanga oladi, keyin 2 → 3 → 4 yo'li bilan yana 3 + 10: jami 16. 5 va 6 tomonga ketsa, 3 + 9 = 12 bo'lardi - u yerdan 3 va 4 ga qaytib bo'lmaydi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.