Tekis yuklama

Masala #1974 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.5 s · xotira 256 MB

k ta bir xil vazifa va s ta server bor. Har vazifa ro'yxatidagi serverlardan birida bajarilishi kerak. Eng band serverdagi vazifalar sonini imkon qadar kichik qiling va shu sonni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda k va s. Keyingi k qatorning har birida t va t ta server raqami (t ≥ 1).

Cheklovlar: 1 ≤ k ≤ 500, 1 ≤ s ≤ 100, barcha t yig'indisi 5000 dan oshmaydi.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. Uch vazifa ikki serverga taqsimlanadi, shuning uchun biror serverga kamida 2 ta tushadi. Masalan, 1- va 2-vazifa 1-serverda, 3-vazifa 2-serverda - eng band serverda 2 ta.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.