Ko'pi bilan k qadam

Masala #2002 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Yo'naltirilgan grafda n ta tugun va m ta qirra bor (o'z-o'ziga qirra bo'lishi mumkin, takror qirra yo'q). 1-tugundan chiqib n-tugunda tugaydigan, uzunligi 1 dan k gacha bo'lgan yurishlar nechta? Yurishda tugun va qirralar takrorlanishi mumkin, n-tugundan o'tib ketib, yana qaytib kelish ham alohida yurish. Javob 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, k. Keyingi m qatorda qirralar u v.

Cheklovlar: 2 ≤ n ≤ 25, 0 ≤ m ≤ n2, 1 ≤ k ≤ 1018.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. Qirralar 1 → 1 va 1 → 2, k = 3: 1→2, 1→1→2, 1→1→1→2 - jami 3 ta.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.