Tarqoq almashtirish
Masala #1984 · murakkablik 56% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bir nechta to'g'ri javob bo'lishi mumkin - istalganini chiqaring.
1 dan n gacha sonlar almashtirishi p ning tarqoqligi deb |p1 − 1| + |p2 − 2| + … + |pn − n| ga aytamiz: har son o'z joyidan qancha uzoqda turgani yig'indisi. Tarqoqligi aynan k bo'lgan almashtirish tuzing yoki u yo'qligini aniqlang.
Kiruvchi ma'lumotlar
Bitta qatorda n va k.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 0 ≤ k ≤ 1012.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bunday almashtirish bo'lmasa - bitta qatorda NO. Aks holda birinchi qatorda YES, ikkinchisida p1, …, pn.
Izoh
1-namuna izohi. 3 2 1 da |3 − 1| + |2 − 2| + |1 − 3| = 4. Masalan, 3 1 2 ham to'g'ri: 2 + 1 + 1 = 4.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.