Toq-juft navbat
Masala #2014 · murakkablik 48% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Massiv berilgan. Bir amalda ikki qo'shni elementni o'rin almashtirish mumkin. Hech qaysi ikki qo'shni element bir xil juftlikda (ikkalasi toq yoki ikkalasi juft) bo'lmasligi uchun eng kam nechta amal kerak? Iloji bo'lmasa, -1 chiqaring. Bitta testda bir nechta massiv bor.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda massivlar soni t. Har massiv uchun: bir qatorda n, keyingisida n ta son.
Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 104, 1 ≤ n, barcha n lar yig'indisi 2·105 dan oshmaydi, 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har massiv uchun alohida qatorda bitta son.
Izoh
1-namuna izohi. 2 4 6 1 3 5 ni 2 1 4 3 6 5 ga keltirish uchun 1 ni ikki, 3 ni bir qadam chapga surish kerak: jami 3 amal. 1 1 3 da hamma son toq - navbatlab bo'lmaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.