Sovg'alar savati
Masala #2005 · murakkablik 42% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Do'konda n xil sovg'a bor, i-xildan ci dona (bir xil sovg'alar farqlanmaydi). Savatga jami aynan s dona sovg'a solish kerak. Nechta usul bor? Ikki usul qaysidir xildan olingan dona soni bilan farq qilsa, ular turli hisoblanadi. Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda n va s, ikkinchisida c1, …, cn.
Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 50, 0 ≤ s, ci ≤ 2·104.
Chiquvchi ma'lumotlar
Bitta son.
Izoh
1-namuna izohi. c = (1, 2, 3), s = 4: (0, 1, 3), (0, 2, 2), (1, 0, 3), (1, 1, 2), (1, 2, 1) - 5 ta usul.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.