Bittadan ag'darish

Masala #2019 · murakkablik 62% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Stolda n ta tanga bor, ulardan c tasi raqam tomoni bilan yuqoriga qarab yotibdi, qolgani gerb bilan. Har daqiqada n ta tangadan biri tanlanadi va ag'dariladi. k daqiqadan keyin hamma tanga gerb tomoni bilan yotishi uchun nechta turli tanlovlar ketma-ketligi bor? Ketma-ketliklar qaysidir daqiqada boshqa tanga tanlangani bilan farq qiladi. Javobni 109 + 7 ga bo'lgandagi qoldiq bilan chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda n, c, k.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 50, 0 ≤ c ≤ n, 1 ≤ k ≤ 1018.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son.

Izoh

1-namuna izohi. n = 3, c = 1, k = 3. Raqamdagi tangani A desak: A A A, A B B, B A B, B B A, A C C, C A C, C C A - 7 ta.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.