Uchlikni aylantirish
Masala #1991 · murakkablik 50% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Massiv a1, …, an berilgan. Bir amalda i (1 ≤ i ≤ n − 2) tanlanadi va ketma-ket uchta element aylantiriladi: (ai, ai+1, ai+2) → (ai+2, ai, ai+1). Amallar soni cheklanmagan. Massivni kamaymaydigan tartibga keltirish mumkinmi? Bitta testda bir nechta massiv bor.
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda massivlar soni t. Har massiv uchun: bir qatorda n, keyingi qatorda n ta son.
Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 104, 1 ≤ n, barcha n lar yig'indisi 105 dan oshmaydi, 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har massiv uchun alohida qatorda YES yoki NO.
Izoh
1-namuna izohi. 3 1 2 bir amaldan keyin 2 3 1, yana bir amaldan keyin 1 2 3 bo'ladi. 2 1 3 dan esa faqat 3 2 1 va 1 3 2 hosil bo'ladi, keyin yana 2 1 3 ga qaytadi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.