Ikki savat

Masala #1985 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Ikki savatda a va b ta olma bor. Bir amalda bir savatdan 1 ta, ikkinchisidan 2 ta olma olinadi; qaysi savatdan bittasini olishni har safar o'zingiz tanlaysiz. Olma yetmasa, amalni bajarib bo'lmaydi. Bir necha amaldan (balki noldan) keyin ikkala savat bir vaqtda bo'sh bo'lishi mumkinmi? Bitta testda bir nechta savol bor.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda savollar soni t. Keyingi t qatorda a va b.

Cheklovlar: 1 ≤ t ≤ 104, 0 ≤ a, b ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Har savolga alohida qatorda YES yoki NO.

Izoh

1-namuna izohi. (6, 9): uch marta «birinchidan 1, ikkinchidan 2» - (3, 3); keyin bir marta shunday amal - (2, 1) va bir marta teskarisi - (0, 0). (1, 1) da jami 2 ta olma bor, bitta amal esa 3 ta oladi.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.