Juftlik yig'indilari
Masala #1987 · murakkablik 36% · vaqt chegarasi 2.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Hakam n ta musbat butun son a1, …, an o'yladi. Siz ikkita turli o'rinni so'rasangiz, u shu o'rinlardagi sonlar yig'indisini aytadi. Barcha sonlarni toping.
So'rov: ? i j (1 ≤ i, j ≤ n, i ≠ j). Javob: ai + aj. So'rovlar soni ko'pi bilan n.
Javob: ! a1 a2 … an, shundan keyin dastur tugaydi. Har chiqarilgan qatordan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()).
Muloqot namunasi (n = 3, sonlar 4, 6, 9):
| Hakam | Dastur | Izoh |
|---|---|---|
3 | sonlar soni | |
? 1 2 | ||
10 | 4 + 6 | |
? 2 3 | ||
15 | 6 + 9 | |
? 1 3 | ||
13 | 4 + 9 | |
! 4 6 9 | 3 so'rov = n |
Kiruvchi ma'lumotlar
Boshida bitta qatorda n (3 ≤ n ≤ 1000). Keyin har so'rovingizga javoban bitta son. Yashirin sonlar 1 ≤ ai ≤ 109.
Chiquvchi ma'lumotlar
So'rovlar ? i j, oxirida bitta ! a1 … an. n dan ko'p so'rov, i = j bo'lgan so'rov yoki noto'g'ri javob - noto'g'ri javob.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.