Darajalar xizmati
Masala #1321 · murakkablik 30% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB
Bu interaktiv masala: dasturingiz hakam bilan savol-javob qiladi.
Siz «darajalar xizmati»siz. Hakam avval q sonini yuboradi. Keyin q marta: hakam bitta qatorda ikki son a va e yuboradi, siz ae mod (109 + 7) ni bitta qatorda javob qilasiz. Hakam keyingi savolni faqat javobingizni olgandan keyin tuzadi va u javobingizga bog'liq bo'lishi mumkin - shuning uchun savollarni oldindan o'qib bo'lmaydi. Noto'g'ri javobda muloqot to'xtaydi.
Har javobdan keyin chiqishni tozalang (endl yoki cout.flush()). 00 = 1.
Muloqot namunasi:
| Hakam | Dastur |
|---|---|
2 | |
2 10 | 1024 |
1029 1 | 1029 |
Kiruvchi ma'lumotlar
Birinchi qatorda q, keyin har javobingizdan oldin bitta qatorda a, e. Cheklovlar: 1 ≤ q ≤ 2000, 0 ≤ a < 109 + 7, 0 ≤ e ≤ 1018.
Chiquvchi ma'lumotlar
Har savolga bitta qatorda javob. Oxirgi javobdan keyin dastur tugaydi.
Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.