Ulanma k ga bo'linadi

Masala #1319 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Massivda n ta musbat butun son bor. Ikki son x va y ning ulanmasi - x ning o'nlik yozuvi ortidan y ning yozuvi: masalan, 12 va 345 ning ulanmasi 12345.

i ≠ j bo'lgan nechta tartiblangan (i, j) juftlik uchun ai va aj ning ulanmasi k ga bo'linadi?

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n va k, ikkinchi qatorda n ta son.

Cheklovlar: 1 ≤ n ≤ 2·105, 2 ≤ k ≤ 109, 1 ≤ ai ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - juftliklar soni.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.