Birinchi tuz

Masala #1403 · murakkablik 58% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

Dastada n ta karta bor, ulardan m tasi tuz. Dasta yaxshilab aralashtirildi (n! tartibning hammasi teng ehtimolli) va kartalar yuqoridan birin-ketin ochiladi, o'rinlar 1 dan n gacha. Har savolda l va r berilgan: birinchi ochilgan tuz l-o'rindan r-o'ringacha (ikkalasi ham kiradi) bo'lish ehtimolini toping.

Javob qisqarmas kasr A/B bo'lsa (B modulga bo'linmasligi kafolatlangan), A · B−1 mod (109+7) ni chiqaring - bu B · x ≡ A bo'ladigan yagona 0 ≤ x < 109+7.

Kiruvchi ma'lumotlar

Birinchi qatorda n, m, q. Keyingi q qatorda l va r.

Cheklovlar: 1 ≤ m ≤ n ≤ 106, 1 ≤ q ≤ 105, 1 ≤ l ≤ r ≤ n.

Chiquvchi ma'lumotlar

q qatorda - ehtimollar modul bo'yicha.

Izoh

1-namuna izohi. 4 karta, 2 tuz: tuzlar o'rnining C(4, 2) = 6 varianti teng ehtimolli. Birinchi tuz 1-o'rinda - 3 variant (1 va 2, 3 yoki 4), ehtimol 1/2. 2-3 o'rinlarda: {2,3}, {2,4}, {3,4} - 1/2. 4-o'rinda bo'lolmaydi - 0.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.