Tasodifiy EKUB

Masala #1432 · murakkablik 60% · vaqt chegarasi 1.0 s · xotira 256 MB

1 dan N gacha sonlardan k marta, har safar teng ehtimol bilan va bir-biriga bog'liqsiz bittadan son tanlanadi (sonlar takrorlanishi mumkin). Tanlangan k ta sonning eng katta umumiy bo'luvchisi (EKUB) ning kutilmasini toping.

Javob kasr A/B bo'lsa, 109+7 moduli bo'yicha A · B−1 ni chiqaring.

Kiruvchi ma'lumotlar

Bitta qatorda ikki son N va k.

Cheklovlar: 1 ≤ N ≤ 3·105, 1 ≤ k ≤ 109.

Chiquvchi ma'lumotlar

Bitta son - kutilma modul bo'yicha.

Izoh

1-namuna izohi. N = 2, k = 2: juftlar (1, 1), (1, 2), (2, 1), (2, 2), EKUBlar 1, 1, 1, 2 - kutilma 5/4.

Yechim yuborish uchun hisobingizga kiring.